Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-mart oylarida jami 136 060 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Saudiya Arabistoniga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,8 ming nafarga yoki 21,2 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
sayohat – 114 986 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 20 716 nafar;
davolanish – 339 nafar;
o‘qish – 11 nafar;
xizmat yuzasidan – 8 nafar.



