10/04/2026

      Jizzax viloyat statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri”da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 21.04.2025 yildagi PF-71-son farmoni to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 13.03.2026 yildagi PQ-103-son qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilish davomida quydagilarga alohida to‘xtalib o‘tildi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, milliy statistika tizimini zamon talablari asosida yanada takomillashtirish maqsadida qaror qabul qilingan. milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirishda oʻqitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish va xorijiy tajriba asosida statistika uslubiyotini takomillashtirish; har ikki yilda 3 ming nafar milliy statistika tizimi mutaxassislarini oʻqitib borish imkonini yaratish belgilangan.

yashirin va kreativ iqtisodiyotni baholash maqsadida statistika metodologiyasini takomillashtirish; milliy statistika tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish, innovatsion yechimlarni qoʻllagan holda koʻrsatilayotgan raqamli xizmatlar hajmini 2 barobarga oshirish belgilab berilgan. Kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech