Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 168,2 trln so‘mni tashkil etdi.
Xizmatlar turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha:
Ta’lim sohasidagi xizmatlar — 121,2 %;
Moliyaviy xizmatlar — 120,8 %;
Savdo xizmatlari — 119,8 %;
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 117,7 %;
Me’morchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,9 %;
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 115,5 %;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 114,9 %;
Ijara xizmatlari — 112,8 %;
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 111,6 %;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 109,7 %;
Shaxsiy xizmatlar — 109,1 %;
Transport xizmatlari — 108,3 %;
Boshqa xizmatlar — 113,1 %.



