27/02/2026

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida” PF-22-sonli farmon mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish davomida farmonning asosiy masalalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi: 2026-yilga moʻljallangan ustuvor islohotlarni belgilash va ularning ijrosini tashkil etish chora-tadbirlari ko‘rsatilgan. Quyidagilar mahallani rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan ustuvor islohotlarning asosiy yoʻnalishlari etib belgilangan.

mahallalarda 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish loyihalarini ishga tushirish orqali qoʻshimcha 100 mingta yangi ish oʻrnini yaratish; kambagʻallik va ishsizlikdan xoli mahallalar sonini 3,5 mingtaga yetkazish; mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirib, ularga Yangi Oʻzbekiston qiyofasini olib kirish belgilab berilgan.

mahallalardagi muammolarni bir vaqtning oʻzida tezkor hal etishda barcha davlat organlariga masʼuliyatni yuklab, ijroni 24/7 rejimda onlayn nazorat qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. Mahallalar infratuzilmasini takomillashtirish va ularga Yangi Oʻzbekiston qiyofasini olib kirish boʻyicha ustuvor islohotlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Mahalladagi islohotlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan. Farmon mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech