O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Statistika sinflari”ni tashkil etish hamda ularni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlash belgilangan.
Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida, Jizzax viloyatidagi ayrim ta’lim muassasalarida maxsus “Statistika sinflari” tashkil etilib, ularni moddiy-texnik jihatdan boyitishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, hududiy statistika boshqarmasi tomonidan Jizzax yoshlarining raqamli savodxonligini oshirish maqsadida Sh.Rashidov tumani 31-son va Zarbdor tumanidagi 3-son umumta’lim maktablariga zamonaviy kompyuterlar, mebel jihozlari, stol-stullar bilan ta’minlandi.
“Statistika sinflari”ning tashkil etilishi — kelajakda iqtisodiyot va IT sohalarida kuchli mutaxassislar bo‘lib yetishadigan yoshlar uchun o‘ziga xos intellektual maydon bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.



