Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida respublika bo‘ylab ilk sovrinli tanlov (random) usulida o‘tkazildi.Tanlov natijalariga ko‘ra, har bir hududdan bittadan g‘olib aniqlandi. Jizzax viloyati, Jizzax shahri , Zilol MFY da istiqomat qiluvchi Shukurov Jamshid O'ktamovich g‘olib sifatida tanlab olindi.G‘olibga zamonaviy planshet qurilmasi topshirildi.Bu shuni ko‘rsatadiki, onlayn ro‘yxatdan o‘tish nafaqat muhim fuqarolik burchi, balki real imkoniyatlar manbai hamdir.Savolnomani to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirgan har bir fuqaro sovrin yutish imkoniyatiga ega.Hurmatli fuqarolar Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘ting, faol ishtirok eting va keyingi g‘olib aynan siz bo‘lishingiz mumkin! Bugun ro‘yxatdan o‘ting — ertaga g‘olib bo‘ling!
27/01/2026



