Jizzax viloyat statistika boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan Sharof Rashidov tuman Ravalliq mahallasida “Tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 27 iyulda qabul qilingan PF-178-sonli farmonlar mazmuni mohiyati to‘g‘risida davra suhbati tashkil etildi. “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” munosabati bilan mahalla fuqorolar yig‘inida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Yig‘ilishda, farmonning quyidagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining “business.gov.uz” yagona interaktiv portalini quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lgan “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portaliga (keyingi o‘rinlarda — portal) aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin: tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini kechayu kunduz qabul qilish, hal etish va ushbu jarayonlarni nazorat qilish;

davlat organlari va tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tematik onlayn muhokamalar va so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni shakllantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar bo‘yicha savollar berildi.

 

Axborot xizmati     

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish