Joriy yilning 1-avgustidan boshlab  barcha shahar va tumanlarda turаr joylar vа binolar ro‘yxatini tuzuvchi hamda kartografik materiallarga aniqlik kirituvchi xodimlar- registratorlar ish jarayonlari boshlanadi.   Shu munosabat bilan viloyat statistika boshqarmasida 2023-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun boshqarma mutaxassislari bilan birgalikda,  shahar ro‘yxatga olish bo‘limi tomonidan maxsus dastur asosida registrator xodimlarni o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish oʻquv seminarlari tashkil etildi.

Seminarda ularga bajaradigan vazifasi yuzasidan nazariy va amaliy koʻnikmalarning barcha jihatlari tushuntirildi.

Xususan, hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʻyxatini tuzish aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlikning eng asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu vazifaning toʻliq va sifatli bajarilishi, oʻz navbatida, roʻyxatga olish ishlarining samarali boʻlishiga zamin yaratadi. Oʻquv-seminar davomida uy-joy roʻyxatini tuzuvchilarning ish jarayoniga masʼuliyati va vazifalari alohida taʼkidlandi.

Axborot xizmati   

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish