O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022-yil 6-iyulda qabul qilingan “2022—2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-son qarori mazmun-mohiyati va “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish yuzasidan 2022 yil uchun “YO‘L XARITASI”da belgilangan vazifalar va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida targ‘ibot tadbir o‘tkazildi.

2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida tushunchalar berildi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida Azimova Durdona ma’lumotlar berdi.

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish, har qanday ko‘rinishdagi sansolarlik, tamagirlik va boshqa salbiy holatlarga chek qo‘yish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni hamda tushuntirish ishlarini kuchaytirish belgilab berildi.

 

Axborot xizmati  

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish