O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish boʼyicha umumxalq muhokamasi qizg`in davom etmoqda. Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar va Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari hududlarda bo`lib, aholiga qonun loyihasining mazmun-mohiyati to`g`risida ma’lumotlar berilmoqda. Umumxalq muhokamasiga qo`yilgan “O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi yuzasidan Sharof Rashidov tuman Ravalliq mahallasida targ‘ibot-tashviqot yig`ilish o`tkazildi.

Yig‘ilishda, Asosiy qonunning 64 ta moddasiga kiritish taklif etilgan 200 ta o‘zgartirish va 16 ta yangi normani kiritadigan 6 ta yangi modda bo‘yicha ma’lumotlar berildi.Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar bo‘yicha savollar berildi.

Axborot xizmati

 

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish