Boshqarma xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha seminar tashkil etildi. tadbir davomida 2021 yil  6 iyul kuni qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-sonli Prezident farmoni mazmun-mohiyatiga unda belgilangan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun mas’ul bo‘lgan alohida organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasi faoliyatini ochiqligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish yuzasidan viloyat statistika boshqarmasi rasmiy veb-saytiga sohaga oid davlat xizmatlari ko’rsatishni, ma’muriy tartib-taomillarini qo‘llashga oid masalalar yuzasidan qabul qilinadigan barcha qaror va hujjatlar joylashtirilib yangilab borilmoqda.

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish, har qanday ko‘rinishdagi sansolarlik, tamagirlik va boshqa salbiy holatlarga chek qo‘yish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni hamda tushuntirish ishlarini kuchaytirish belgilab berildi.

Axborot xizmati   

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish