Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatning eksportyorlari soni 101 tani tashkil etib, ular tomonidan 91,5 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2021- yilning mos davriga nisbatan 24,8 % ga oshdi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.


Eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,8 % ni tashkil etib, sanoat tovarlari (58,9 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (24,7 %), turli xil tayyor buyumlar (8,9 %), nooziq-ovqat xomashyo, yoqilg‘idan tashqari (2,4 %), kimyoviy
vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar (4,1 %), mashina va asbob-uskunalari (0,7 %), xizmatlar (0,2 %), hayvon va o‘simliklar moylari (yog‘lari), yog‘lar va mumlar ( 0,1 %) guruhi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Axborot xizmati


O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish