Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra 2 184 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 456 taga yoki 126,4 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.


Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 1 985 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 457 taga yoki 129,9 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
2022- yil yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 413 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 77 taga yoki 122,9 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

 

Axborot xizmati

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish