2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga qiymati 28,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 92,6 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan.
Bugʻdoy uni importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 ming tonnaga oshgan.



2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston bugʻdoy unini eng koʻp import qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 91,2 ming tonna

Rossiya – 1,3 ming tonna

AQSH – 50 tonna

Italiya – 12,4 tonna

Fransiya – 1,8 tonna

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-mart oylarida Qozogʻistondan qiymati 201,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan bugʻdoy import qilgan.

 

Axborot xizmati   

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish