07/05/2022

Joriy yilning 07- may kuni Boshqarmada 2022- yil I chorak yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi  rahbariyati, tarmoq va shahar , tuman statistika bo‘limlari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali shahar, tuman  statistika bo‘limalari xodimlari qatnashdi.

Kun tartibiga binoan, Boshqarma boshlig‘i Mulladjonov Dilshod Anvarovich Hay’at yig‘ilishini ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2022- yilning I choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, boshqarmaning kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida tizimda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.

Yig’ilishda kun tartibiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi  bo‘yicha ma’lumot berildi.

Kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech