Joriy yilning 7-mart kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha a’zolar  hamda  Kasaba uyushma tomonidan 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarmada ishlayotgan barcha ayollar uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Mulladjanov Anvarovich munis va mehridaryo opa-singillarni 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ayol borki olam munavar, Ayol borki guzal bu olam deya barcha opa-singillarni aziz ayollarni samimiy tilaklari bilan xushnud etdi.

SEN BARIBIR MUQADDASSAN MUQADDAS  AYOL! Guzallikda tengsiz ayollarimiz har doim sog‘-salomat bo‘lishlaringizni tilaymiz!

Shundan so‘ng, aziz ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram dasturxoni opa-singillarimiz kayfiyatini yanada ko‘tardi.
Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz ayollar, qadrli opa-singillar!

 

Samimiy va cheksiz hurmat ila,
Jizzax viloyati  statistika boshqarmasi  jamoasi

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish