Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar oyida jami faoliyat yuritayotgan Avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 1 908,7 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2021-yilning yanvar oyiga nisbatan fizik hajm indeksi 223,7 % ni tashkil etdi.

 

Xususan yirik sanoat korxonalari tomonidan:

Avtotransport vositalari uchun silindrlarining ish hajmi 1000 kub.sm dan ortiq, uchqun bilan oʻt oldiriluvchi porshenli ichki yonish dvigatellari - 6,8-martaga oshdi;

Silindrlarining ish hajmi 1000 kub.sm dan ortiq, lekin 1500 kub.sm dan ortiq boʻlmagan, uchqun bilan oʻt oldiriluvchi ichki yonish dvigatelli, yangi,  "Spark 1.25" markali yengil avtomobillar - 8,3-martaga oshdi;

Silindrlarining ish hajmi 2800 kub.sm dan ortiq boʻlmagan, uchqun bilan oʻt oldiriluvchi porshenli ichki yonish dvigatelli, yangi,  "VAN" markali yuk avtomobillari - 2,6 martaga oshdi;

Maxsus ishlarga moʻljallangan boshqa avtomobillar (burgʻilovchi, oʻt oʻchirish, beton qoradigan avtomobillardan tashqari) - 2,3-martaga oshdi.

Shuningdek, Avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulushi Andijan viloyati (58,3%), Xorazm viloyati (19,6%), Toshkent viloyati (8,6%) hamda Samarkand viloyati (5,1%) hissalariga toʻgʻri kelmoqda.

 

Axborot xizmati  

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish