2021-yilning  yanvar  oyiga  nisbatan  deyarli  barcha hududlarida  chakana  savdo  tovar  aylanmasining  o‘sish sur’atlari kuzatildi .

 

Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga  to‘g‘ri  kelib,  mazkur  hajm  2022-  yil  yanvar  oylari  yakuniga  ko‘ra,  590,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yil yanvar oylariga nisbatan 16,8 % ga oshdi. Jami
chakana savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 77,6 % ni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda,
Sharof Rashidov (99,9 %),
Arnasoy (99,9 %),
Zafarobod (99,9 %),  
Yangiobod (99,9 %),
G‘allaorol (99,8 %),
Forish (99,9 %)
tumanlarida  yuqori bo‘lgan.

 

Axborot xizmati

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish