2022- yilning 1- yanvar holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3654 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkichni 2021- yilning mos davri bilan solishtirganimizda 5,2 foizga oshgan. Viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) korxonalarning 16,1 foiz (3654 ta) ulushini sanoat korxonalari tashkil etib, shundan kichik biznes subyektlari soni 3620 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni:
Jizzax shahri – 1109 ta
Arnasoy tumani –  99 ta
Baxmal tumani –  149 ta
G‘allaorol tumani – 362 ta
Sharof Rashidov tumani –  670 ta
Do‘stlik tumani –  171 ta
Zarbdor tumani – 181 ta
Zomin tumani –  269 ta
Mirzacho‘l tumani –  125 ta
Zafarobod tumani – 115 ta
Paxtakor tumani –  160 ta
Forish tumani –  182 ta
Yangiobod tumani –  62 ta

Axborot xizmati   

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish