06/12/2021

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning eksportyorlari soni 152 tani tashkil etib, ular tomonidan 161,1 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2020- yilning mos davriga nisbatan 58,8 % ga oshdi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

Eksport  tarkibida tovarlar ulushi 99,8 % ni tashkil etib, sanoat tovarlari (65,5 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (16,2 %), turli xil tayyor buyumlar (9,1 %), kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar (4,5 %), mashina va asbob-uskunalari (1,3 %) nooziq-ovqat xomashyo, yoqilg‘idan tashqari (2,6 %), boshqa tovarlar      (0,6 %), hayvon va o‘simliklar moylari (yog‘lari), yog‘lar va mumlar ( 0,0 %) guruxi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech