Yig‘ilishda “Boshqarmasi tizimida 2021 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy chora-tadbirlar rejasi” ijrosi yuzasidan o‘tgan davr davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risidagi namunaviy nizom” mazmun-mohiyatiga unda belgilangan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida boshqarmada har chorak yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishchi komissiyaning yig‘ilishi tashkil etib kelinmoqda.

Boshqarmaning rasmiy http://www.jizzaxstat.uz veb-saytining faoliyatini ta’minlash va takomillashtirib borish hamda ulardagi ma’lumotlarni muntazam yangilab va to’ldirib borilishini ta’minlanmoqda. Davlat statistika organlari tomonidan ko’rsatiladigan davlat interaktiv xizmatlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash bo’yicha hozirda boshqarmaning rasmiy
http://www.jizstat.uz saytida interaktiv xizmatlar yo’lga qo’yilgan bo’lib, ularni uzluksiz faoliyati ta’minlanmoqda. Saytga doimiy ma’lumotlar joylashtirib borilishi yo’lga qo’yilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi faoliyatini ochiqligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish yuzasidan viloyat statistika boshqarmasi rasmiy veb-saytiga sohaga oid davlat xizmatlari ko’rsatishni, ma’muriy tartib-taomillarini qo‘llashga oid masalalar yuzasidan qabul qilinadigan barcha qaror va hujjatlar joylashtirilib yangilab borilmoqda.

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish, har qanday ko‘rinishdagi sansolarlik, tamagirlik va boshqa salbiy holatlarga chek qo‘yish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni hamda tushuntirish ishlarini kuchaytirish belgilab berildi.

 

Jizzax viloyat statistika

boshqarmasi bosh yuriskonsulti.

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish