Viloyat statistika boshqarmasi  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar – iyun oylarida viloyat  bo‘yicha jami 753,6 tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 107,0 % ni tashkil qildi.

Viloyat  bo‘yicha tayyorlangan pilla xom-ashyosining umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Sharof Rashidov tumaniga (16,6 %) to‘g‘ri keldi, shuningdek, Do’stlik tumanida (10,1 %), Paxtakor tumanida (9,7 %), G’allaorol tumanida (9,3 %) va Zarbdor tumanida (9,1 %) ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Eng past ulush esa Yangiobod tumanida (1,7 %) hamda Zomin tumanida (5,2 %) kuzatildi.

 

Axborot xizmati

 

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish