Ma’lumki, iyun oyida BMB TRADE GROUP tomonidan italiyalik hamkorlar bilan umumiy qiymati 15 million yevroni tashkil etadigan eksport shartnomasi imzolangan edi.

Mazkur bitim ijrosini ta’minlash maqsadida, 29 iyul kuni BMB Za’faron brendi ostidagi tovarning dastlabki turkumi Yevropa davlatiga jo‘natildi.

Kelajakda nafaqat ko‘hna qit’a, balki Amerika hamda Osiyo davlatlariga ham O‘zbekistonda yetishtirilgan oliy navli va yuqori sifatga ega za’faron mahsulotini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

 Axborot xizmati    

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish