Viloyatimizda 2021– yilning yanvar– iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 10,4 ming tonna kartoshka  ishlab chiqarildi. Kartoshka ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmidan 82,2 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Eng ko‘p kartoshka G‘allaorol tumanida 3176 tonna, Baxmal tumanida 2611 tonna va Zomin tumanida 1133 tonna yetishtirish bilan yetakchilik qilmoqda.

Bu borada Forish tumani 7 tonna, Mirzacho‘l tumani 118 tonna va Zarbdor tumani 178 tonna bilan kartoshka yetishtirishda eng so‘nggi o‘rinda qayd etilgan.

 

Axborot xizmati  

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish