Boshqarmada 2021 yil 2 iyulda “Davlat gerbi – iftixor va g‘urur timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Yig‘ilishda  Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga kotarish togrisida”gi PQ-3160-sonli qarori mazmun mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berilldi. Qarorning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Xususan, oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo‘shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda.

Mamlakatimizda qabul qilingan 2017 - 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruv organlarining quyi bo‘g‘inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta’minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan.

Shundan so‘ng, xodimlarni bilim va konikmalarini oshirish maqsadida yigilish qatnashchilari ortasida savol-javoblar otkazildi. Bugungi davra suhbatidan olingan bilimlardan togri hulosa qilgan holda, erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmasdan turli xil manbalardan keng foydalanish boyicha xodimlarga tushuntirishlar berildi.

                                                                                                                                                                                                  Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yich ma'sul                                                                                                                                                                                                   Butuboyeva Kamolot

             

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish