30/06/2021

Mamlakatimizda multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) davom etmoqda. Multiindikator klaster kuzatuvlari shu yilning 5- aprelidan buyon o‘tkazilmoqda.Hozirgi kunda MICS kuzatuvlari Sharof Rashidov tumani “Xavastlik” MFYda davom etmoqda. 

Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risidagi muhim ma‘lumotlarni yig‘ishdan iborat.

Multiindikator klaster kuzatuvlari 5 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

To‘plangan ma‘lumotlar va ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo‘lidagi taraqqiyotini kuzatish uchun muhim omil bo‘ladi va xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritiladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ular ijtimoiy xizmatlar sohasida qarorlar qabul qilish, milliy siyosatni, rivojlanish va xizmat ko‘rsatish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ham zarurdir. 

MICS ma’lumotlarini yig‘ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.

 

Axborot xizmati    

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech