Joriy yilning 17- iyun kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasining majlislar zalida viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi, Maxalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi va tuman shahar bo‘limlari (onlayn), Davlat kadastr palatasi Jizzax viloyati bo‘limi va tuman shahar bo‘limlari mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori yuzasidan statistika tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va kartografik ma’lumotlarni tayorlash  yuzasidan o‘quv  amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma`lumotlarni yig`ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e`lon qilishning yagona jarayoni hisoblanadi. Aholi to`g`risidagi ma`lumotlarning asosiy manbai hisoblanib, kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko`rsatkichlarini baholash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam berish bo`yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma`lumotlarni olish imkonini beradi.

Tadbirda, qaror yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshlig‘ining o'rinbosari Sharipov Shuxrat Mansurovich  hamda boshqarmaning  Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Xaydarov G’ulom Jumanovich  tomonidan atroflicha javob berildi. 

Axborot xizmati

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish