Faqat taxminlarga tayanib ish ko‘rgan odam yutqazadi. Tavakkalchilik, bashoratgo‘ylik ma’lum jabhalardagina zarur. Aniq statistika esa har sohada kerak. Busiz rivojlanish haqida gapirish o‘rinsiz. Ayniqsa, hozirgi tez o‘zgarib borayotgan zamonda!

Bugun biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan mavzu ham bevosita statistikaga daxldor. Ya’ni aholini ro‘yxatga olish haqida.

Xo‘sh, bu amaliyot nima uchun kerak? Nega keyingi bir yilda bu haqda juda ko‘p gapirilyapti? Nima, bizda shu paytgacha aholi ro‘yxatga olinmaganmidi?

         Bu shunchaki rasmiyatchilik uchun emas!

 Respublikamizda aholini ro‘yxatga olish bizga nima beradi?

Avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi (barcha aholi punktlari bo‘yicha), oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi  va ishsizligi, daromad manbalari kabilar bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘planadi.

Binobarin, mazkur ko‘rsatkichlar orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. O‘z navbatida, yurtdoshlarimiz migratsiyasi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar shakllantiriladi.

Bundan tashqari, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o’rinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati kengayadi.

Chunonchi, aholi punktlari infratuzulmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va samarali joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda bu ma’ulotlar nihoyatda qo‘l keladi. Shuningdek, aholini ro’yxatga olish natijasida milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritish, xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tahlillari uchun keng qamrovli axborotlar manbai yaratiladi.

 

 

Zomin tuman statistika bo‘limi    

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish