Joriy yilning 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Qodirxonova ishtirokida “Gender tenglikka erishish strategiyasi,mazmun mohiyati va gender statistikasining o‘rni” mavzusida videoaloqa orqali seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining 2021 yil 28 maydagi SQ-297-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”ning mazmuni, mohiyati hamda gender statistikasining o‘rni to‘g‘risida fikr yuritildi.

Ushbu seminarda tegishli bo‘limlarning rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

 

Axborot xizmati 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish