Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining funksional vazifalari

– Boshqarma, shahar va tuman statistika bo‘limlari tomonidan korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarima summalarining o‘z vaqtida undirilishini hamda o‘z vaqtida to‘lanmagan ma’muriy jarimalarni majburiy ijro etishlik uchun belgilangan tartibda sud ijrochilari departamentiga taqdim etishlarini doimiy nazorat qiladi;

– O‘tkaziladigan tekshirishlarni faqat nazorat organlari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida tashkil etilishini qat’iy nazorat qiladi, rejadan tashqari tekshirishlar o‘tkazilmasligini hamda o‘tkazilgan tekshirishlar samaradorligini oshirishni doimiy nazorat qilib boradi;

– Biriktirilgan boshqarmaning tarmoq va shahar, tuman statistika bo‘limlari faoliyatini doimiy nazorat qiladi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni tayyorlash va tayinlash bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritadi;

– Biriktirilgan barcha bo‘limlar faoliyatini hamda ulardagi statistik ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi, to‘liqligi, dolzarbligini nazorat qiladi va ta’minlaydi;

– Biriktirilgan tarmoq ma’lumotlarining qonuniyligini o‘rganib, tegishli sohalar dasturlari va boshqa ma’lumotlarni tayyorlashda, muhokama yig‘ilishlarida ishtirok etish va imzolash vakolatlaridan foydalanadi va imzolagan ma’lumotlarning javobgarligini o‘z zimmasiga oladi;

– Biriktirilgan shahar, tuman statistika bo‘limlari moliya-xo‘jalik faoliyatlarini nazorat qiladi va ularning qonuniyligini ta’minlash choralarini ko‘radi;

– Boshqarmada tuzilayotgan konsalting shartnomalarini imzolaydi hamda ularning qonuniyligini va belgilangan tartib asosida ijro etilishini ta’minlaydi.

Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari: Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi, Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi, Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi, Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limlari faoliyatini nazorat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech