Joriy yilning 9 iyun kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratining ahamiyati” mavzusida boshqarmada semenar tashkil etildi. Seminarda boshqarmaning bosh yuriskonsult G‘.Qo‘shoqov so‘zga chiqib, korrupsiyani oldini olish bo‘yicha davlatimizning bir nechta me’yoriy-huquqiy xujjatlari bilan tanishtirdi.

Jumladan, fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsialiqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratadi, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashi, jamoatchilik nazorati davlat organlari faoliyatining qonuniyligini ta’minlash, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan shaxslarning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlovchi qonun xujjatlariga rioya etmaslik holatlarini aniqlashga qaratilgan jamoatchilik nazorati sub’yektlari tomonidan qonun doirasida olib boriladigan nazoratga oid chora-tadbirlar majmuidir.

Seminar oxirida qanday qilib buyuk davlatga aylanish mumkinligi va korrupsiyani oldini olsa buladimi degan savolga Singapur davlati misolida xodimlarga videosi qo’yib berildi.

 

Axborot xizmati 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish