So'nggi yangiliklar

Aholini ro‘yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir.

Odamlar hisobini yuritish amaliyoti ilk bor miloddan avvalgi 3-ming yillikdan boshlangan. Bu jarayon dastlab Osiyo va Afrika davlatlari, Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Yaponiyani qamrab olgan. Bu islohotdan ko‘zlangan maqsad soliq to‘lovchilar va askarlikka yaroqli aholi sonini aniqlash bo‘lgan.

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha Prezident farmoni bilan tasdiqlangan, tarkibi bir qator vazirlik va idoralardan iborat Respublika komissiyasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar ish olib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir .

Ma’lumki, iyun oyida BMB TRADE GROUP tomonidan italiyalik hamkorlar bilan umumiy qiymati 15 million yevroni tashkil etadigan eksport shartnomasi imzolangan edi.

Viloyatimizda 2021– yilning yanvar–iyun  oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 285,1 ming tonna sut  yetishtirildi.

Joriy yilning 30-iyul kuni Viloyat  statistika boshqarmasida  2021-yil II chorak yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash  yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Viloyat  statistika boshqarmasi  rahbariyati, boshqarma va tuman (shahar) statistika bo‘limi boshliqlari  qatnashishdi.

2021- yilning iyul oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,2 % ga arzonlashdi. 

Rivojlangan mamlakatlardagi xizmatlar sohasi iqtisodiyotda yetakchi o‘rin tutadi, uning rivojlanish darajasi esa odamlarning farovonligi va hayot sifatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.

2021- yil yanvar-iyun oylarida viloyat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 5020 kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 6292 kishini tashkil etdi.

Viloyatimizda 2021– yilning yanvar– iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 10,4 ming tonna kartoshka  ishlab chiqarildi. Kartoshka ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmidan 82,2 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning eksportyorlari soni 120 tani tashkil etib, ular tomonidan 92,8 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi  tovar va xizmatlar eksport qilindi. 2020- yilning mos davriga nisbatan 84,0 % ga oshdi.

Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish respondentlar yashaydigan (turadigan) turar joylarni va boshqa xonalarni aylanib chiqish chog‘ida yoxud mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan xonalarda respondentlar so‘rovini o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish varaqlarini to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.

Viloyat statistika ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p maosh moliyachilarda, eng kami esa shifokorlar va ijtimoiy soha vakillariga to‘g‘ri keladi. Hududlar kesimida eng yuqori maosh oluvchilar Jizzax shahrida yashaydi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat korxonalari tomonidan 3495,5 mlrd.so‘m sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-iyunoylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 114,7 % ni tashkil etdi.

2021– yilning yanvar– iyun oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 6 646,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Boshqarmada 2021 yil 24 iyulda “Milliy qadriyatlar oyligini tashkil qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Yig‘ilishda Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi, jamiyatimiz, millatimiz, davlatimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biri.

Turli xil tipologik guruhlarda odamlarning tarqalishi o‘zgaradi: jinsi, yoshi, ma’lumotlilik darajasi, etnik kelib chiqishi va boshqalar. Kimdir vafot etadi, kimdir aksincha, dunyoga keladi, kimdir o‘rnini o‘zgartiradi, kimdir turmushga chiqadi, kimdir ajrashadi. Bir so‘z bilan aytganda, aholida doimiy o‘zgarishlar, uning xususiyatlari, tuzilishi va demografik jarayonlari mavjud.