So'nggi yangiliklar

2021- yilning yanvar-avgust oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 304,5 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 0,8 mln. AQSh dollariga kamaydi va 78,7 % ni tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmati egalladi.

Boshqarmada 2021 йил 23 sentabrda “Yoshlarni axborot xurujlaridan asrashning zamonaviy usullari” to‘g‘risida davra suxbati tashkil etildi.

2021- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 3963 tani tashkil qildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,2 foizga oshdi.

Joriy  yilda Zarbdor tuman statistika bo‘limi tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi xodimlari  ishtirokida “Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi.

2020  yilda  safar  maqsadlari  bo‘yicha  mehmonxona va shunga  o‘xshash joylardagi nomer fondi 690 ta bo‘lib, joylashtirilgan shaxslarning soni 38990 nafarni tashkil etdi.

Joriy yilning 17- sentabr kuni poytaxtimizdagi “Grand Mir Hotel” mehmonxonasida BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamda Davlat statistika qo‘mitasi hamkorligida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha jurnalist va blogerlarning malakasini oshirish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat korxonalari tomonidan  4572,5 mlrd.so‘m sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 114,0 % ni tashkil etdi.

Viloyat bo‘yicha 2021- yilning yanvar-avgust oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 5 061,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 7,1 % ga oshdi.

Aholini ro‘yxatga olish yakunlari bosqichma-bosqich shakllantiriladi, shu jumladan:

Mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarhar qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma’lumotlar ma’lum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari orqali to‘planadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.

Aholini ro‘yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlari mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Xalqaro tavsiyalarga kora, aholini royxatga olish quyidagi muhim tamoyillarga asoslanadi:

Viloyat statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- sentyabr holatiga 2146 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 15- sentyabr kuni Paxtakor tuman statistika bo‘limi tomonidan tumanning 2- maktabida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o`tkazildi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, viloyatimizda 14,3 ming kishi tug‘ilishi qayd etilgan. Shundan 415 nafari egiz tug‘ilganlar.

Jizzax  viloyati  bo‘yicha  2020  yilda  mehmonxona  va  shunga  o‘xshash  joylarda  joylashtirilgan  shaxslar  soni  38984  nafar  bo‘lib,  1683  nafar  MDH davlatlaridan  tashrif  buyurgan  bo‘lsa, 1675  nafari  esa  uzoq  xorijiy mamlakatlardan  tashrif  buyurgan.