So'nggi yangiliklar

Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

2021-yil yanvar-avgust oylarida 3163 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 16 mart kuni “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O‘zbekiston tarixidan o‘rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo‘q edi.

Mamlakatimizda statistika ma’lumotlarining sifati va ishonchliligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, bo‘lib o‘tayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, jumladan xalqaro tashkilotlarning maxsus nashrlari va ma’lumotlar bazalarida xolis va ishonchli aks ettirishni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Milliy statistika tizimining huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish maqsadida  Rasmiy statistika to‘g‘risida qonun qabul qilindi, Ushbu Qonunning maqsadi rasmiy statistika sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Mazkur masala bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, MDH davlatlararo Statistika qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.

2021- yil 8- sentabr kuni videokonferensaloqa tarzida Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyatining Jahon banki missiyasi bilan “O‘zbekistonda statistika tizimini takomillashtirish” loyihasi bo‘yicha onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning tashkiliy rejasi (keyingi o‘rinlarda — tashkiliy reja) hududiy komissiyalar tomonidan tumanlar (shaharlar), Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida tuziladi.

2021- yil 8- sentabr kuni soat 11:00 da Milliy matbuot markazida Davlat statistika qo‘mitasi va Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Viloyat statistika boshqarmasi  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar – iyun oylarida viloyat  bo‘yicha jami 753,6 tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 107,0 % ni tashkil qildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2021- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, 228 tani tashkil etdi.

Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 74,8 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (23,2 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (51,6 %) o‘z ichiga oladi.

 Jizzax viloyati aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning avgust oyida iste'mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 % ga qimmatlashdi.

Bugun Jizzax viloyat FM 105.5 va 106.2 Jizzax radio kanali orqali 2023 yilda mamlakatimizda ilk bor o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga olib borilayotgan ishlar bo‘yicha Jizzax viloyat statistika boshqarmasi ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Haydarov G‘ulom va Statistik registrlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i Zakirov Akram ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

aholini royxatga olishni otkazishga komaklashish boyicha hududiy komissiyalarni tuzadi;