So'nggi yangiliklar

Joriy yilning, 1-iyun holatiga ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 588 729 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 barobarga oshgan. So‘nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni quyidagicha:

2023- yil yanvar-may oyida viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 505494,1 ming AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-may oyiga nisbatan 231211,5 ming AQSH dollariga yoki 84,3 % ga ko‘paydi.

Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2023- yil 1- iyun holatiga ko‘ra 2021- yilning mos davriga nisbatan 89 taga ko‘paygan.

2023-yil 1-aprel holatiga, Jizzax viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 929,2 ming boshni (2022-yil 1-aprel holatiga nisbatan 100,8 %), shundan sigirlar – 265,8 ming boshni (102,3 %), qoʻy va echkilar – 2 332,0 ming boshni (102,5 %), otlar – 30,8 ming boshni (102,4 %) hamda parrandalar – 3 881,3 ming boshni (101,0 %) tashkil etdi.

2022/2023-o‘quv yili boshida kasb-hunar maktablariga qabul qilingan o‘quvchi qizlar 26 109 nafarni tashkil etib, jami qabul qilingan o‘quvchilarning 26,6 % ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar–mart oylarida Jizzax viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hajmi 2 780,7 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,0 % ni tashkil qildi.

2023-yilning 1-may holatiga koʻra Jizzax viloyati xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida savdo faoliyati bilan band boʻlganlarning ulushi 43,9 % yoki 5 464 birlik bilan ustunlik qiladi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Jizzax  viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 197,1 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  140,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 16,4 ming tonna trikotaj matolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 29,1 % ga oshgan. 

2023-yil 1-iyun holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni

2023-yilning yanvar-aprel oylarida, shaxsiy xizmatlar hajmi 3 330,3 mlrd. soʻmga teng boʻldi.

Bugun 23-iyun kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasida Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Targ‘ibod tadbirida Davlat statistik hisobotlarini topshirish tartibini buzgan subyektlarga nisbatan ma’muriy ishlar yurutilishi to‘g‘risida targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2023- yilning yanvar-may oylar yakunlariga ko‘ra, oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 7,4 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 101,5 % o‘sish sur’atlari kuzatildi va ishlab chiqarish hajmi 539,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning may oyida viloyatning barcha tumanlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023- yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 49,1 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 0,7 % ini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-may oylarida, Jizzax viloyatida jami 1331,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar- may oyiga nisbatan 100,7 % ni tashkil etdi.

2023- yil yanvar- may oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2 562,8 ming so‘mga yetdi. 2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan o‘sish sur‘ati 107,6 % ni tashkil etdi.