So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 14- noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda ijtimoiy soxa statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan hududiy  bo‘lim xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasi bo‘limiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida import hajmi 1 303,8 mln AQSh dollarini va 2023-yilning mos davriga nisbatan 145,3 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng yuqori ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (91,3 %), kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (2,4 %) hamda sanoat tovarlari (1,9 %) hisobiga toʻgʻri keldi.

2024- yilning 14- noyabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi “ Do'stlik ” tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Bog'zor” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimizda yashash va ovqatlanish sohasida ko'rsatilgan xizmatlar hajmi  4  412,7 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Joriy yilning 14- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 13- noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi  oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 13- noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yil yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklarda yetishtirilgan uzum 21,7 ming tonnani, yoki 2023- yilning mos davri bilan solishtirganda 103,2 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklarda yetishtirilgan donli ekinlar 616,7 ming tonnani, yoki 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 104,8 % ni tashkil etdi. 2023-yilning mos davriga nisbatan koʻrsatib oʻtilgan davrlarda, fermer xoʻjaliklarida 7,0 %, dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida 8,3 % oʻsish va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 16,3 %  kamayish qayd etildi.

Joriy yilning 12- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 12- noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda sanoat va energetika statistikasi bo'limi  xodimlari tomonidan hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun sanoat va energetika statistikasi bo'limi  oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Jizzax shahrining chakana savdo aylanmasi hajmi 1 613,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,6 % ni tashkil etdi.