So'nggi yangiliklar

Respublikamizda 2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra, tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng koʻpi masʻuliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 37 810 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 836,6 ming dona bamperlar va ularning qismlari ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra, roʻyxatdan oʻtgan oilaviy korxonalar soni 67 717 tani tashkil etgan.

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 3 449,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 175,3 ming dona avtomobil oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 864,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023– yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 65,8 ming tonna meva va rezavorlar (2022– yilning yanvarsentabriga nisbatan 0,2 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Meva va rezavorlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, meva va rezavorlar ishlab chiqarish umumiy hajmidan 57,7 % i Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlarning ulushi 79,6 % bilan ustunlik qilgan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida, Jizzax viloyatida jami 3 553,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan 107,7 % ni tashkil etdi.

Viloyatning  tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Jizzax shahar 39,9 % ulush bilan 530690,9 ming AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Yangiobod 0,1 % ulush bilan 1819,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 18 167 nafar Fransiya fuqarolari tashrif buyurgan.

Joriy yilning 5-yanvar kuni o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “Iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-217-sonli farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 38 950 nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari sayyohlik maqsadlarda tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 450,1 ming dona konditsionerlar ishlab chiqarilgan.

Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 1 373 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, 16 yoshgacha bolalari mavjud boʻlgan uy xoʻjaliklari 73,9 %ni tashkil etgan.