05/01/2024

Joriy yilning 5-yanvar kuni o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “Iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-217-sonli farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Farmonning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi 2024-yil 1-fevralga qadar ichki bozorda shakar narxi keskin o‘zgarishining oldini olish va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar yuzasidan.2024-yil1-oktabrga qadar mazkur Farmonda nazarda tutilgan imtiyozlarning samaradorligini ichki bozorda narxlar va ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan baholash natijalariga ko‘ra imtiyozlar qo‘llashni davom ettirish bo‘yicha takliflar kiritilish belgilangan. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish