26/04/2024

      Joriy yilning 25-aprel kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida mini-futbol sport turi boʻyicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

      Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o‘tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.