14/10/2022

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Qadring baland bo‘lsin,ona tilim! mavzusida ma`naviy-ma`rifiy targ`ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda oktabr oyi tinglovchilari faol qatnashdi. Markaz rahbari falsafa fanlari doktori S.Axmedov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir ishtirokchilari Jizzax viloyati statistika boshqarmasi, Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha a’zolari hamda Jizzax viloyat arxiv ishi tuman, shahar rahbarlari Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi xodimlari, hamda Jizzax viloyati statistika boshqarmasi xodimlari Nafisa Abdusalimova va Durdona Azimovalar tomonidan o‘zlarining Aziz ona tilimsan nomli she’rlari bilan, o‘zbek tiliga bag‘ishlangan tadbirda faol ishtirok etdilar.Shunigdek, 6-son DMT jajji tarbiyalanuvchilari o‘zlarining quvnoq raqslari bilan tadbirga ajoyib shukuh bag‘shladilar !
Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb,davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim.

Axborot xizmati

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish