So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 18-sebtabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i D.Mulladjanov Do'stlik tumani Chinobod MFY M.Dadajonov ko’chasi 2a 7-uyda yashovchi Ismoilova Manzura xonadonida uy xo’jaliklari kuzatuvlarini o’tkazdi.

Boshqarmada 2023-yil 15-sentabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi 158-sonli qarori to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida 873 kishi nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,2 promilleni tashkil etgan hamda 2022- yilga nisbatan o‘zgarish kuzatilmadi 

2023-yil 1-sentabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 20 094 tani tashkil etib, 2022-yilning mos davriga (24 972 ta) nisbatan 4 878 taga quyidagi sohalarda korxonalar sonining sezilarli kamayganligi bilan ifodalash mumkin:

2023- yilning yanvar-avgust oylarida, Jizzax viloyatida jami 2 565,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar- avgust oyiga nisbatan 104,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 335,1 ming dona televizor ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 12,4 % ga oshgan. 

2023-yilning yanvar-avgust oylari holatiga ko‘ra, 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,4 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning 14 sentyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasida "1 umumtaʼlim shakli" yillik statistik hisobotini belgilangan muddatda taqdim etilishi yuzasidan hamda umumtaʼlim muassasalarining 2023-2024 o‘quv yili uchun hisobotga masʼul bo‘lgan xodimlarga o‘quv amaliy seminar tashkil etilib, hisobot bo‘yicha tushunchalar berildi.

2023- yil yanvar-iyul oyida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 368285,3 ming AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning shu davriga nisbatan 64,4 % ga ko‘paydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 65,8 % ga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 355,6 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5-martaga oshgan.

2022-yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 99 981,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami 4 319,6 ming nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 841,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oyida jami 62 523 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-iyul oylarida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 0,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 47,5 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida 60 682 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bolib, ularni so‘nggi yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida koʻp qavatli uylar soni 47 776 taga yetdi. Ularning eng koʻp soni Toshkent shahrida qayd etilgan – 11 258 ta.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 27 442 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 649 nafarga (6,4 %) koʻpaygan.