So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 8 089 tonna pechenye ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyati boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 4 850,6 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 46,6 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 6 344,5 tonna quyultirilgan sut ishlab chiqarilgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi qariyb 36,8 mln. kishini tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 6 055,9 mln. dona tuxum olingan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida, jami 61,3 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 264,5 ming tonna kerosin ishlab chiqarilgan.

2024-yilning 1 yanvar holatiga Respublikamizning doimiy aholisi 36 799 756 kishini tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamiz boʻyicha jami 2 042,9 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 579,8 ming tonna ohaktosh qazib olingan.

Jizzax viloyati jahonning 70 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (49,6 %), Koreya Respublikasida (21,2 %), Chexiya (7,3 %), Rossiyada (5,3 %), Turkiyada (4,4 %), Litvada (2,7 %) %), Germaniyada (2,0 %) va Qozogʻistonda (1,7 %) qayd etilgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-dekabr holatiga 428 396 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatayotgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) boʻlib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari 424 695 tani tashkil etgan.

Respublikamizda 2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra, tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng koʻpi masʻuliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 37 810 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 836,6 ming dona bamperlar va ularning qismlari ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra, roʻyxatdan oʻtgan oilaviy korxonalar soni 67 717 tani tashkil etgan.

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 3 449,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 175,3 ming dona avtomobil oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan.