22/04/2024

      2023-yil yakunlariga ko‘ra, Respublikamizda xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 437,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 6,8 % ga o‘sdi.

      Xizmatlar sohasining YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 2,6 f.p.ni tashkil etdi.

      Xizmatlar sohasining YAIMidagi ulushi 43,4 % ga yetdi.

      Xizmatlar sohasining yalpi hududiy mahsulot tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri (60,9 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (39,3 %) kuzatildi.