11/03/2024

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 106 363,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.Jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi, boshqa xizmat turlariga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichlardan biri boʻlib, yaʼni, 22,6 % ni tashkil etgan.

Moliyaviy xizmatlarning oʻsish surʼati 120,6 % darajasida qayd etilgan.

Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi 56,2 % ni yoki 59 820,5 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2022-yilga nisbatan Xorazm viloyatida yuqori oʻsish surʼati 141,3 % ni tashkil etgan.

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish