29/05/2023

      2022 yilning 1 dekabr holatiga Jizzax viloyatida 5 ta oliy ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. 2022 yilda bakalavr bosqichini bitirgan talabalar soni 3346  nafarni tashkil etib, ularning 835 nafari davlat grantlari asosida ta’lim olgan. 2022 yilda bakalavriat bosqichini bitirganlarning 1515 nafarini qizlar (45,3%) tashkil etadi.

      2021/2022 o‘quv yili boshiga oliy ta’lim tashkilotlarida 37,1 ming nafar talaba tahsil olmoqda, ulardan 18,4 ming nafarini qizlar tashkil etadi. Talabalarning 17,0 % davlat grantlari asosida, 83,0 %  to‘lov-shartnoma asosida tahsil olmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish