22/05/2023

      Jizzax viloyatida 2022/2023 o‘quv yili boshiga jami umumta’lim muassasalari soni 576 tani tashkil etib, ulardan 410 tasi (71,2%) qishloq joylarida, 166 tasi (28,8%) shaharlarda joylashgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan umumta’lim muassasalari soni 0,2% ga oshdi (13 ta). Jizzax viloyatida umumta’lim muassasalari uch turga bo‘linadi: boshlang‘ich, umumiy o‘rta va boshqalar. 2022/2023 o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarining umumiy sonidan 576 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 5 tasi boshlang‘ich maktablar va 4 tasi boshqa muassasalar. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 266,9 ming o‘quvchi, boshlang‘ich ta’lim muassasalarida 1,2 ming o‘quvchi va boshqa ta’lim muassasalarida 1,0 ming o‘quvchi ta’lim olmoqda.