So'nggi yangiliklar

Viloyat bo‘yicha 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 3 240,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 44,3 % ga o‘sdi.

2024- yil  yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Jizzax shahri 24,6 % bilan 1 613 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning 28- oktabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi mutaxassisi tomonidan Jizzax shahri “Xayrabod” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

Joriy yilning 28- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 6 912,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida, Jizzax viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 819,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Jizzax viloyatida 2024-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, 11 938 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024-yil yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 382,4 mlrd so‘mga yetdi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 901 ta bo‘lib, 4 244 tasi qo‘shma va 10 657 tasi xorijiy korxonalardir.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yil yanvar- sentabr oylarida mobil/uyali telefonlardan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi ayollar ulushi 99,3 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 7 185 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yil yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekistonda ishlab chiqarish sanoatida xorijiy investitsiya va kreditlar salmoqli oʻzlashtirilib, 81,5 trln soʻmni yoki jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 35 % ini tashkil etgan.

Joriy yilning 24- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylari holatiga Jizzax viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlari hajmi 230,9 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.  Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,9 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylari holatiga Jizzax viloyati bo‘yicha ijara sohasida ko‘rsatilgan  xizmatlar hajmi 136,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.  Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Jizzax viloyati xorijga jami  2028.5 ming AQSh dollari qiymatidagi 14119.9  tonna piyoz mahsuloti eksportini amalga oshirdi.

Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari ” bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonda jami 167,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.