2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan boshlab respublikamizning barcha tuman va shaharlarida Ro‘yxatga olish bo‘limlari ish boshlagan edi.
Joriy yilning 1-avgustidan boshlab barcha shahar va tumanlarda turаr joylar vа binolar ro‘yxatini tuzuvchi hamda kartografik materiallarga aniqlik kirituvchi xodimlar- registratorlar ish jarayonlari boshlanadi. Shu munosabat tumanda 2023-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun tuman statistika bo‘limi bilan birgalikda ro‘yxatga olish bo‘limi tomonidan maxsus dastur asosida registrator xodimlarni o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish oʻquv seminarlari tashkil etildi.
Seminarda ularga bajaradigan vazifasi yuzasidan nazariy va amaliy koʻnikmalarning barcha jihatlari tushuntirildi.
Xususan, hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʻyxatini tuzish aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlikning eng asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu vazifaning toʻliq va sifatli bajarilishi, oʻz navbatida, roʻyxatga olish ishlarining samarali boʻlishiga zamin yaratadi. Oʻquv-seminar davomida uy-joy roʻyxatini tuzuvchilarning ish jarayoniga masʼuliyati va vazifalari alohida taʼkidlandi.
Axborot xizmati