O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-avgustdagi “Imom Buxoriy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida 789-sonli qonuni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha boshqarmada targ‘ibot tadbiri  tashkil etildi.

Yig‘ilishda qonunning muhum jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma’rifati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti hamda ilmiy merosini o‘rganish va xalqaro maydonda keng targ‘ib qilishda katta yutuqlarga erishganligi uchun taqdirlash belgilangan.

xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari; xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;

xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari, shuningdek xorijiy arboblar va olimlar.

mamlakatimizning atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, atoqli olimlar, adiblar, pedagoglar va ilmiy tadqiqotchilar mukofotlanadi.

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Axborot xizmati      

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish