So'nggi yangiliklar

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida Jizzax viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 6 368,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 7,7 % ga o‘sdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, rasmlar, filmlar, videolar yoki musiqalarni yuklab olish yoki yuborish uchun Internetdan foydalanadigan 10 yosh va undan katta aholi ulushi 53,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 230,9 tonna anor sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 % ga oshgan.